"Monako" yulduzi PSJga qarshi o'yinni o'tkazib yuborishi mumkin
Mirjalol Normatov
19 apr 2019, 19:13
"Monako" yarim himoyachisi Sesk Fabregas yakshanba kuni PSJga qarshi o'yinda qatnashmasligi mumkin.
Klub matbuot xizmatining xabariga ko'ra, Fabregas o'tgan haftada "Reyms"ga qarshi o'yinda chap oyog'ini jarohatlab olgan. U yaqin vaqtlarda tibbiy ko'rikdan o'tadi.
Uning qachon safga qaytishi aniq emasligi ham klub tomonidan oshkor qilingandi.