"Monako" qonunni buzgan bo'lishi mumkin

Aslanov Jasurbek
13 noya 2018, 18:25
"Monako" yosh futbolchilar bilan shartnoma imzolashda qonunni buzgan bo'lishi mumkin

Ma'lumotlarga ko'ra, monegasklar yosh futbolchilar turar joyi va o'qishi uchun pul to'lab, bu narsalarni bitimga qo'shmagan. Shu bilan birga "Monako" yosh futbolchilar bilan shartnoma tuzishda qoidalarni aylanib o'tish uchun ularning qarindoshlarini ishga olgandek bo'lgan.

Oldinroq, PSJ xuddi shu qoidalarni buzgani e'lon qilingan edi. Ma'lum bo'lishicha, parijliklar 2015 yilda noqonuniy yo'l bilan "Barselona"ning 12 yoshli Kays Ruisini olib qo'ygan. Klubga taqiq qo'yilishi mumkin.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Football Leaks