

Rahbariyat futbolchining transfer narxini belgiladi. Bu haqda ispan nashri hisoblangan "Marca" ma'lumot tarqatdi. Manbaning ma'lum qilishicha, monegasklar yosh futbolchilari uchun 190 million evro so'rashmoqda. Xabar qilinishicha, forvardga "Real", PSJ va "Manchester Siti" katta qiziqish bildirmoqda.
Eslatib o'tamiz, Mbappeni "Monako" bilan shartnomasi 2 yildan keyin nihoyasiga etadi. O'tgan mavsum u klubda 44ta o'yinda 26ta gol urib eng yaxshilardan biri bo'ldi.




