​“Monako” ketma-ket 2 mavsum YCHLning bitta o'yinida ham g'alaba qozona olmadi

12 dek 2018, 09:00
Anri shogirdlari YCHLning guruh bosqichi so'nggi turida “Borussiya D”ga 0:2 hisobida mag'lub bo'ldi.

Natijada “Monako” guruhda bitta ham o'yinni yutmasdan YCHLni tark etdi. Qayd etilishicha, klub so'nggi besh yillikdagi antirekordni takrorladi. Klub qatorasiga ikkinchi mavsum YCHLning birorta o'yinida g'alaba qozona olmadi. Bunday natijani 2011/12 va 2012/13 yilgi mavsumda Zagrebning “Dinamo” klubi qayd etgandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Opta