"Monako" Falkaoning ijarasini bekor qilmoqchi, ammo futbolchi "Chelsi"ni tark etmoqchi emas

Aslanov Jasurbek
31 dek 2015, 14:16
"Monako" vice-prezidenti Vadim Vasilev hujumchi Radamel Falkaoni qaytarish uchun "Chelsi" vakillari bilan muzokara o'tkazdi.

Ma'lum bo'lishicha, "Monako" rahbariyati kolumbiyalik hujumchining ijara shartnomasini bekor qilib, uni qaytarmoqchi, chunki klubi hujum chizig'ida o'zgarishlarga muhtoj, ammo futbolchining o'zi mavsumning qolgan qismini "Chelsi"da o'tkazib, o'zini ko'rsatmoqchi.

Bundan tashqari, Vasilev Loik Remining "Monako"ga olib kelmoqchi. Karim Benzema Fransiya terma jamoasidan chetlatilganligi va Evro-2016ga borish imkoniyatini qo'lga kiritish uchun Remi taklifga rozi bo'lishi mumkin, chunki u "Chelsi"da doimiy o'yin amaliyotiga ega bo'lmayapti. Fransiyalik yakuniy qarorni yanvarning ikkinchi yarmida qabul qiladi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Get French Football News