"Monako" "Bryugge" o'yinchisi Diattani 16 mln evro evaziga xarid qildi

Alisher
22 yanv 2021, 15:40
"Monako" "Bryugge" yarim himoyachisi Krepen Diattaning transferini e'lon qildi.

"Monako" 21 yoshli Senegal terma jamoasi o'yinchisi bilan 2025 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan shartnoma imzoladi.

Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, "Monako" Diatta uchun 16 million evro to'ladi.

Xavbek - "Bryugge"ning eng yaxshi to'purari, u joriy mavsum Belgiya chempionati doirasidagi 19ta o'yinda maydonga tushib, 9ta gol va 2ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: asmonaco.com