"Arsenal" "Bryugge" forvardini nishonga oldi

29 mar 2026, 17:50
"Bryugge" hujumchisi Nikolo Trezoldi faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin.

Bu haqda jurnalist Kristian Falk xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, 21 yoshli germaniyalik futbolchining transferiga ko'plab top-klublar qiziqish bildirmoqda. Ammo, futbolchi uchun kurashda "Arsenal" peshqadamlik qilmoqda.

Nikolo Trezoldi joriy mavsum "Bryugge" safida 48 ta o'yinda maydonga tushdi va 17 ta gol hamda 5 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning shartnomasi 2029 yilning yozigacha mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


Manba: x.com/cfbayern