

Klub markaziy himoyachi va darvozabon bilan shartnoma imzolamoqchi. Fransiya klubi himoya uchun "Bavariya" bilan shartnomasi yakuniga etayotgan Jerom Boatengni taklif qilishni rejalashtirmoqda.
"Monako" darvozabon chizig'iga Dortmundning "Borussiya" klubi o'ynayotgan shveytsariyalik darvozabon Roman Byurki bilan shartnoma imzolamoqchi. Bitim 5 million evro evaziga amalga oshishi mumkin.
Jamoa Liga 1'da mavsum yakunlanishiga ikki tur qolganda jadvalda uchinchi o'rinni egallab turibdi.



