"Monako" Belotti bilan erkin agent maqomida shartnoma imzolamoqchi

Alisher
20 iyun 2022, 11:37
"Torino" forvardi Andrea Belotti faoliyatini boshqa klubda davom ettirishi mumkin.

Jurnalist Nikolo Skiraning xabariga ko'ra, 28 yoshli italiyalikka "Monako" qiziqmoqda.

Fransiyaliklar o'yinchiga 4 yillik shartnoma taklif qilishmoqda. Oldinroq xabar berilganidek, Belotti 2022 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan shartnomasini uzaytirmaydi.

Belotti o'tgan mavsum "Torino" tarkibida A Seriya doirasidagi 22ta o'yinda maydonga tushib, 8ta gol va 1ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira