Moliyaviy qiyinchilikka uchrayotgan "Barselona" 12 avgustgacha Uilyams uchun 58 mln. evro to'lamoqchi

Aslanov Jasurbek
23 iyul 2024, 00:42
"Barselona" shu yozda Niko Uilyamsni sotib olmoqchi.

Ma'lumotlarga ko'ra, Kataloniya klubi "Atletik"ga 58 mln. evro miqdoridagi tovon pulini to'lashdan avval o'zining moliyaviy holatini yaxshilab olishi kerak, ammo "blaugrana" futbolchi vakillarini tinchlantirib, hammasi amalga oshishi haqida ma'lum qilishgan.

Agar yaqin haftalar ichida hech qanday o'zgarish bo'lmasa Uilyams 12 avgust kuni Bilbao jamoasida mashg'ulotlarni boshlaydi, ammo "Barselona" futbolchining agentlariga pulni vaqtida o'tkazib berishini ma'lum qilgan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Relevo