"Molde" futbolchisi Yevropa ligasi rekordchisiga aylandi
Narzulla Saydullayev
2 okt 2015, 09:30
Norvegiyaning "Molde" klubi a'zosi Daniel Berg Xestad Yevropa ligasi musobaqasida gol urgan eng faxriy futbolchiga aylandi.
Bu haqda UEFA rasmiy sayti xabar bermoqda. Iyul oyida 40 yoshga to'lgan Xestad kecha Gollandiyaning "Ayaks" klubiga qarshi o'yinning 8-daqiqasiga gol urishga erishdi.