Moyes yozda 8ta yangi futbolchi sotib olmoqchi

Tolibjon Qosimov
5 mar 2014, 12:36
"Manchester Yunayted" yozda katta transferlarni amalga oshirmoqchi.
"Qizil iblislar" ustozi Devid Moyes yozda 8ta yangi futbolchini sotib oladi, deb xabar bermoqda Daily Mail nashri.

Shotlandiyalik murabbiyning asosiy nishonlari sifatida Toni Kroos ("Bavariya") va Vilyam Karvalyu ("Sporting" Lissabon) ko'rsatilmoqda.

Nemanya Vidich, Rio Ferdinand va "Fiorentina"da ijarada o'ynayotgan Anderson Manchesterni tark etishi mumkin.

Bundan tashqari, MYU Patris Evra, Robin van Persi, Sindzi Kagava, Nani va Xaver Ernandes kabi futbolchilar bilan xayrlashmoqchi.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sports.ru