MLSning ikki klubi Suaresni o'z safiga qo'shib olmoqchi

Alisher
29 dek 2021, 10:16
"Atletiko" hujumchisi Luis Suares faoliyatini MLSda davom ettirishi mumkin.

Jurnalist Nikolo Skiraning xabariga ko'ra, 34 yoshli urugvaylik futbolchiga ikki AQSH vakili qiziqish bildirmoqda.

Oldinroq ma'lum bo'lganidek, "Inter Mayami" Suaresga qiziqmoqda. Urugvaylikning "Atletiko" bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan.

Suares joriy mavsum 24ta o'yinda maydonga tushib, 8ta gol va 1ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira