MLSda tizim o'zgarmoqda: "Bu yangi eraning boshlanishi bo'ladi"

Mirjalol Normatov
14 noya 2025
MLS 2027/28 yilgi mavsumdan "kuz-bahor" tizimida o'tkaziladi.

Yangi tizimga o'tish 2027 yilning fevralidan mayigacha bo'lgan muddat ichida amalga oshiriladi.

MLS keyinroq 2027/28 yilgi muntazam mavsumning yangi formatini taqdim qiladi va unda pley-off bosqichida ham o'zgarishlar bo'lishi ehtimoli bor.

"Taqvimni o'zgartirish - bizning qarorlarimiz orasidagi eng muhimi hisoblanadi.

Yangi taqvim orqali biz jamoalarimizning raqobatbardoshligini oshirish, transferlar oynasidagi imkoniyatlarni yaxshilashni ko'zda tutganmiz.

Bu bizning liga hamda Shimoliy Amerika futboli uchun yangi eraning boshlanishi bo'ladi", - dedi MLS komissioneri Don Garber.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: mlssoccer.com