"Mixed zone". Muhammadqodir Hamraliev: "Tezkor gol vazifamizni ancha osonlashtirdi"

Iskandarov Abdulaziz
5 iyun 2022, 00:17
G'alabali o'yindan intervyularni e'tiboringizga havola etib boryapmiz.

Qatarga qarshi kechgan uchrashuvdan so'ng (6:0) terma jamoamiz himoyachisi Muhammadqodir Hamralievning fikrlari bilan qiziqdik. 


"Yaxshi o'yin o'tkazdik. Hujumchilar yaxshi o'ynagani bois biz himoyachilarga deyarli ish topilmadi. Chunki to'pni ko'proq oldingi chiziqda nazorat qildik. Tezkor gol vazifamizni ancha engillashtirdi. 

Bugun ko'proq uzun paslar bilan harakati qildik. Murabbiyimiz raqibdan kelib chiqib taktika tanladi. Qatar pressing uyushtirib ko'rdi.  Biz esa bitta uzatma bilan hujumga o'tdik. Qaysidir manoda g'alaba to'g'ri tanlangan uslub samarasidir",- deydi Muhammadqodir Hamraliev.

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia