"Mixed zone". Jasur Jaloliddinov: "Xarakter ko'rsatdik"

Alisher
12 iyun 2022
Kecha U-23 Osiyo Kubogi 1/4 finali doirasidagi O'zbekiston – Iroq (2:2, penaltilar seriyasida 3:2) o'yini bo'lib o'tdi.

"Tezkor gol rejalashtirimizga yaxshigina ta’sir qildi. Shunday vaziyatlarda qanday jamoa ekanligimizni, irodamizni ko'rsatishimiz kerak edi. Muxlislar 10 kishi bo'lib qolganimizni bilintirishmadi. Har daqiqada bizni oldinga borishga majbur qilishdi", - deydi Jasur Jaloliddinov.


- Penaltilar seriyasida g'alaba qozonishimizga ishonch qay darajada edi?

- Qo'rquv yo'q edi. Jamoadagi har bir futbolchi g'alabadan boshqa narsa haqida o'ylagani yo'q.

- O'yin davomida asabiylashish holatlari ko'p kuzatildi. Hakamlik haqida nima deya olasiz?

- Hakamlar o'z ishini bajardi. Bu - futbol. Hissiyotlarni gohida jilovlash qiyin. Shunisi bilan futbol qiziq. 

- Yo'qotishlar haqida...

- Zaxiramizda safdan chiqqanlarning o'rnini to'ldiradigan futbolchilar bor. Kuchli tomonimiz ham shunda, deb o'ylayman. Abduvohid Ne'matov, Vladimir Nazarov barcha bir-birini qo'llab-quvvatlaydi.


AlisherMuallif
Manba: championat.asia