

"O'yinni nazorat qilib bordik. Haqli ravishda g'alaba qozondik va bundan xursandmiz.
Birinchi davradagisi bilan taqqoslaganda, bu - boshqa "Milan". Mavsum boshida bizda muammolar bo'layotgandi. Biroq, hozirga kelib jamoa kuchaydi. Faqat futbolchilar psixologiyasi borasida biroz ishlash lozim. Hozircha Yevropa Ligasi zonasidamiz", - deydi murabbiy.
Eslatib o'tamiz, "Milan" 23-turdan so'ng A Seriyada 39 ochko jamg'argan holda 6-o'rinni egallab turibdi.



