M.Ismoilov: "Neftchi" zamonaviy akademiyaga ega bo'ladi" (video)

Nadirkhuja Yuldashev
20 yanv 2014, 16:20
Garchand "Neftchi"ni ko'plab futbolchilar tark etgan bo'lsa-da, Murod Ismoilov eng shimarib ishga kirishib ketganligini ko'ryapmiz.




"Metallurg"ga qarshi o'yinning birinchi bo'limida farg'onaliklar o'yini ancha sermazmun bo'ldi. Ammo ikkinchi bo'limda tarkibni tubdan yoshartirilishi natijasida bekobodliklar g'alabani ilib ketdilar. O'yindan so'ng Murod Ismoilov saytimiz uchun Farg'ona futbolining kelajak rejalari haqida gapirib berdi.

- "Neftchi" zamonaviy klub darajasiga chiqishi uchun nafaqat futbolchilarni, balki infrastrukturaning ham sifatini oshirimiz kerak. Bu yo'lda aniq bir dastur ishlab chiqildi. Yangi mavsumda yangi stadionga ega bo'lamiz. Shu bilan birga zamonaviy futbol akademiyamiz ham qad ko'taryapti. U yerda barcha sharoitlar muhayyo qilinadi. Akademiya nafaqat Farg'ona, balki Quvasoy, Qo'qon, Marg'ilon uchun ham faoliyat olib boradi. Qo'shni viloyatlardan ham yosh charm to'p ustalari kelib shug'ullanishi mumkin. Bazamizda esa mashg'ulot o'tkazish uchun ikkita maydon qurildi. Bu mashg'ulotlarning sifatini oshirishi aniq.


Nadirkhuja YuldashevMuallif