Mirjalol Qosimov: "Raqibni mensimasdan o'ynash kerak emas"

Narzulla Saydullayev
15 okt 2013, 20:25
Osiyo kubogi-2015 saralashi doirasidagi O'zbekiston – Vetnam (3:1) uchrashuvidan so'ng tashkil etilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida Mirjalol Qosimov qatnashdi.
“Bugungi bahsning birinchi bo'limida o'yinimiz unchalik chiqmadi. Ikkinchi bo'limda zaxiradan tushgan yoshlar ishonchni oqlashdi. Shu sababli raqibni mag'lub etdik”, deydi Mirjalol Qosimov.

“Bunday raqibni mensimasdan o'ynash qimmatga tushadi. Futbolchilar bemalolroq o'ynashdi va bundan tabiiyki qoniqmadim”.

“Gol urganimizdan so'ng yana hujumga o'tdik va kutilmaganda to'p o'tkazib yubordik. Vetnam qarshi hujumda yaxshi o'ynashini bilardik”.

“Bugun tajribali o'yinchilar yaxshi o'ynamadi demayman, shunchaki yigitlar raqibni mensimadi va ular o'yin tempini tushirishdi, ko'rdinglar yotib olishlar bo'ldi”.

“Eldor Suyunov haqida fikrim yaxshi, yomon o'ynamadi. Aslida bugun Vetnamda juda kam imkoniyat bo'ldi”.

"Bugungi o'yin uchun legionerlarni jazolab zaxiraga o'tkazib qo'ymaysizmi? Aytganimdek bu mensimaslik bo'ldi xolos, ular o'z klublarida yaxshi uo'ynashadi. Lekin maydonga chiqqanda oxirigacha harakat qilish kerak. O'yinchilarda doimo istak bo'lishi kerak".


Behzod Nazarov yozib oldi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia