Miroslav Kloze "Kayzerslautern"ni boshqarishi mumkin

Alisher
10 may 2022, 13:30
Germaniya terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to'purar Miroslav Kloze "Kayzerslautern" bosh murabbiyligini egallashi mumkin.

Klub ayni damda Germaniyaning maqvei jihatdan uchinchi divizionida ishtirok etmoqda. "Kayzerslautern" mavsum so'nggiga ko'ra uchinchi o'rinni egalladi va ikkinchi bundesligaga o'tish o'yinida Drezdenning "Dinamo" jamoasi bilan o'ynaydi.

Kloze o'tgan mavsum "Bavariya" murabbiylar shtabida ishladi, ammo Myunxen klubini tark etdi.

Keyinroq esa Miroslav Kloze kasalligi haqida gapirdi. Bundestimning sobiq forvardi oyoq trombozi bilan kurashishi kerak edi. Shu sabab sobiq futbolchi murabbiylik faoliyatida tanaffus olishiga to'g'ri keldi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Sport1