

- Biz o'yinni juda yaxshi boshladik. Murabbiylarimiz bu jamoa bilan bemalol o'ynasa bo'lishini uqtirishgan edi. “Qo'qon-1912” tarkibidagi ilk golimni kiritganimdan xursandman. Biroq bu golim jamoaga yordam berolmadi. Biz 2-bo'limda qisqa vaqt ichida ikkita gol o'tkazvorib mushkul ahvolga tushib qoldik. Endi navbatdagi o'yinlarda bu vaziyatdan chiqib ketishimiz kerak, - deydi Qurbonov.
"Qo'qon-1912" matbuot xizmati




