Mirjalol Qosimov: "Qiziqarli futbol guvohiga aylandik"

Aslanov Jasurbek
19 avg 2021, 23:20
O'zbekiston kubogi musobaqasining 1/8 final bosqichidan o'rin olgan AGMK - "Neftchi" (6:1 ) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Qiziqarli futbol guvohiga aylandik. Jamoam berilgan ko'rsatmalarni a'lo darajada bajarib, muhim g'alabani qo'lga kiritdi. Uchrashuvga reja qilgan taktikamiz ish berdi. Ajoyib g'alaba va keyingi bosqichga chiqqanimiz bilan muxlislarimizni tabriklayman. Bugungi o'yin uchun futbolchilarga minnatdorchilik bildiraman. O'ylaymanki, bugungi o'yin ishqibozlarga manzur keldi. Endilikda bor e'tiborimizni Paxtakorga qarshi bo'lajak o'yinga qaratamiz", -deydi Mirjalol Qosimov.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia