Mirjahon Mirahmadov "Paxtakor"dan ketdi

Оқил Абдубарноев
21 iyul 2022
Joriy yil boshida "Bunyodkor"dan "Paxtakor"ga o'tgan Mirjahon Mirahmadov ikkinchi davrani boshqa jamoada o'tkazadi.

Mirahmadov bilan bog'langanimizda, "Paxtakor"dan ketganini tasdiqladi va bir-ikki kun ichida yangi jamoasi ma'lum bo'lishini aytdi. 

Eslatib o'tamiz, hujumchi birinchi davrada "sherlar" safida Superligada 8 ta uchrashuvda maydonga tushgan. Raqiblar darvozasiga esa yo'l topa olmagan. Faqatgina OCHL so'nggi turida "Al Taavon"ga qarshi o'yinda gol urdi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia