Miralem Pyanich: “Vaqti kelganda “Roma” bilan bir qarorga kelamiz”

Tolibjon Qosimov
17 fev 2014, 12:54
“Roma” yarim himoyachisi Miralem Pyanich mavsum tugashi bilan boshqa klubga o'tishi mumkinligi haqida fikr bildirib o'tdi.

“Roma”da meni barcha sharoit qoniqtirishini bir necha bor takidlaganman, ammo hozirda faqatgina bo'lajak o'yinlar haqida bosh qotirim kerak. Boshqa klubga o'tish haqidagi masalani keyinroq ko'rib chiqaman.

“Vaqti kelganda “Roma” bilan bu borada bir qarorga kelamiz”, - deydi bosniyalik futbolchi.

Eslatib o'tamiz, o'yinchiga “Barselona”, “PSJ” va “MYU” klublari qiziqishmoqda.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sports.ru