Mirabror Usmonov xotirasiga bag'ishlab xalqaro musobaqa o'tkaziladi

Sherzod Nurmatov
4 iyul 2023, 16:06
Unda 15 yoshgacha bo'lgan 4 ta terma jamoa qatnashadi.

"Taniqli davlat arbobi, "Mehnat shuhrati", "El-yurt hurmati" va "Do'stlik" ordenlari sohibi, bir necha yillar davomida sportimiz, xususan futbolimiz rivojlanishi hamda dunyoda o'z o'rniga ega bo'lishida ulkan hissa qo'shgan shaxs - Mirabror Usmonovning yorqin xotirasini milliy sportimiz jamoatchiligi aslo unutmaydi.

O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi Mirabror Zufarovich xotirasiga bag'ishlab xalqaro turnir tashkil etadi. Unda 15 yoshgacha bo'lgan 4 ta jamoa - O'zbekiston, Saudiya Arabistoni, BAA va Chernogoriya ishtirok etadi.

Uchrashuvlar 11-15 avgust kunlari poytaxtimiz yashil maydonlarida o'tkazilishi rejalashtirilgan", – deyiladi O'FA xabarida.

Mirabror Usmonov hayot bo'lganida bugun 76 yoshga to'lar edi

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: ЎФА матбуот хизмати