

"Birinchi bo'lim o'rtalaridan ustunlikni o'z tomonimizga og'dirganimiz va xavfli vaziyatlar yarata olganimiz yaxshi bo'ldi. Ajoyib natijaga erishganimizdan hamda musobaqaning eng yaxshi futbolchisi deb topilganimdan xursandman.
Endilikda U-23 Osiyo kubogi saralash bosqichida e'tibor qaratamiz. Turnirda yuqori mahorat va jismonan kuchli bo'lgan jamoalar ko'p. Umid qilamanki, raqiblarga nimalarga qodir ekanligimizni ko'rsata olamiz", dedi yaponiyalik hujumchi.




