Kecha bo'lib o'tgan yig'ilishda Mirabror Usmonov terma jamoalar Markazining faoliyatiga jiddiy etiroz bildirdi.
Bu haqda xabar berar ekan, PFLning rasmiy saytida Usmonov shunday deydi:
Ummonda o'tkazilgan 22 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasidagi Osiyo chempionatidagi omadsiz ishtirokidan keyin Terma jamoalar markazi mutasaddilarining televidenie, radio va gazeta orqali bergan intervyularini ko'rdim, - deb davom etdi Usmonov. (Rustam Akramov "Futbol sharhi" ko'rsatuvida intervyu bergan edi).
Nima emish, musobaqa yanvarda o'tkazilganligi sababli terma jamoamiz Ummondagi musobaqada mag'lubiyatga uchrabdi. Endi ayting-chi, Siz turnirning yanvarda o'tkazilishini kecha bildingizmi? Yanvardaligini bila turib, nega etarlicha tayyorgarlik ko'rmadingiz? Ertaga Osiyo Kubogi yanvarda o'tkazilsa, yana nimalar deysizlar?
Shuningdek, Usmonov Futbolchilarning yaxshi o'ynashi uchun ularga do'q-po'pisa qilish yoki kechirasiz-u, so'kinishdan boshqa yo'l qolmadimi?, deydi.
Aftidan, Mirabror Zufarovich yoshlar va o'smirlar o'rtasida bo'lib o'tayotgan Osiyo va jahon chempionatlarida tanaffus chog'ida, agar mag'lubiyatga uchralsa, o'yindan keyin murabbiydan avval echinish xonasiga kirib, shundoq ham mag'lubiyatga uchragan futbolchilarimizni delegaciya vakillari turli noo'rin so'zlar bilan urishganidan xabar topgan.
Qatarda bo'lib o'tgan Osiyo chempionatida Avstraliyadan mag'lubiyatga uchralganida delegaciya vakillaridan biri futbolchilarni qattiq koyigan. Aslida har qanday mag'lubiyatni musobaqa yakuniga qadar unutib, keyingi o'yinga ruhan tayyorgarlik ko'rish lozim. Shunda terma jamoamiz bosh murabbiyi futbolchilar bilan o'zi gaplashishini aytgan edi.
Kecha bo'lib o'tgan yig'ilishdan mutaxassislarimiz kerakli xulosani TO'G'RI chiqaradigan va murabbiylar ishiga aralashmasa, biz o'zimiz istayotgan maqsadga erishimiz mumkin.
Mirabror Usmonovning quyidagi etirozi ham juda o'rinli.
- Qaerga qarama, o'quv-mashg'ulot yig'ini. Mayli, o'quv-mashg'ulot yig'ini ham kerakdir, ammo shulardan bir nechtasining o'rniga o'rtoqlik uchrashuvlari o'tkazsa bo'lmaydimi? Shu ko'proq foyda bermaydimi?
Ummonga ketishdan avval Yaman yoshlar terma jamoasi BAAda ikkita o'rtoqlik uchrashuvinitaklif qilgan bo'lishiga qaramay, Markaz vakillari birinchi liga jamoalariga qarshi maydonga tushishni maqul ko'rishgan. Yakunda esa bu terma jamoamizning Ummondagi muvaffaqiyatsiz qatnashishiga sabab bo'ldi.