Mirabror Usmonov MTJ ishtirokini qoniqarli baholadi

26 yanv 2015, 22:14
Bugun ertalab O'FF binosida O'zbekiston futbol federatsiyasi prezidenti Mirabror Zufarovich Milliy terma jamoamiz a'zolarini qabul qildi.
Murabbiylar va  futbolchilar ishtirokida o'tgan uchrashuv haqida Milliy terma jamoamiz bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov "Futbol sharxi" ko'rsatuvida ma'lum qildi.

"Bugun Mirabror Zufarovich terma jamoamiz a'zolarini qabul qildi va yig'ilish o'tkazdi. Barcha futbolchilarga minnatdorchilik birdirdi. Natijani federatsiyamiz qoniqarli baholadi va futbolchilarga omad tiladi. Navbatdagi rejalar haqida , yaqinda bo'lib o'tadigan murabbiylar yig'ilishida muhokama qilamiz", - deydi Mirjalol Qo'shoqovich.

Manba: championat.asia