Milliy terma jamoa dekabr oyida Falastin bilan o'ynaydi

Narzulla Saydullayev
21 avg 2014, 19:37
O'zbekiston terma jamoasi 13 dekabr kuni Falastin terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazadi.
Bahs BAAning Dubay shahrida bo'lib o'tadi. Terma jamoamiz Dubay yig'ini doirasida Iroqqa qarshi o'yin ham o'tkazadi. Ushbu bahs esa 28 dekabr kuni bo'lib o'tishi haqida xabar bergandik.

Dubaydagi yig'in Mirjalol Qosimov shogirdlari uchun Osiyo Kubogi-2015dan oldingi so'nggi yig'in bo'ladi. O'zbekiston Avstraliyadagi qita chempionatida Xitoy, Saudiya Arabistoni va KXDR kabi jamoalar bilan bir guruhdan o'rin olgan.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com