Militao: "Man Siti" darvozasiga g'alaba to'pini qanday kiritishimni tasavvur qilyapman"

2 avg 2020, 22:38
Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Eder Militao YCHL 1/8 final bosqichi doirasida o'tkaziladigan "Manchester Siti"ga qarshi javob uchrashuvi oldidan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi (birinchi o'yin – 1:2).

– "Man Siti"ga qarshi o'yinni asosiy tarkibda boshlaysiz. Bu haqda nima deya olasiz?

– Bu juda hayajonli. Men uchun takrorlanmas lahzalar. Ramos maydonda bo'lmaydi, shuning uchun maydonda bor kuchimni sarflashim kerak.

– "Shaharliklar"ning eng xavfli o'yinchisi kim deb hisoblaysiz?

– Ularning barchasi yaxshi... Gabriel Jezusni alohida takidlagan bo'lardim.

– Siz "qirollik klubi" libosida ancha o'ynadingiz, ammo hamon "Real" uchun gol urmagansiz. Klubdagi birinchi golingizni qanday tasavvur qilasiz?

– Manchestyerda gol uraman deb tasavur qilaman. G'alaba to'pini boshim bilan kiritmoqchiman. Imkonsiz ishning o'zi yo'q, shuning uchun ilk golimni shunday tasavvur qilyapman. 

– Uchrashuv oldidan "Real" muxlislariga nima demoqchisiz?

– Madridistlar, sardorimiz "Siti"ga qarshi o'ynamaydi, ammo men maydonda bo'laman. Yaxshi o'yin o'tkazaman, menga ishoning. Biz g'alaba qozonamiz!, – dedi braziliyalik himoyachi.

Ma'lumot uchun, "Real" va "Manchester Siti" klublari o'rtasidagi uchrashuv 7 avgustdan 8 avgustga o'tar kechasi 00:00 da (Toshkent vaqti bilan) boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Goal