"Milan"ning 3 yildan beri "San Siro"da qo'lga kiritgan ilk g'alabasini 65 mingdan ziyod muxlis kuzatdi + FOTO

Tolibjon Qosimov
4 avg 2017, 11:26
Yozgi transfer oynasida eng ko'p o'yinchi xarid qilayotgan "Milan" klubi kecha Evrokuboklar doirasida o'z o'yinini o'tkazdi.

Yevropa ligasi 3-saralash bosqichi javob uchrashuvida milanliklar Ruminiyaning "Krayovo" jamoasini 2:0 hisobida mag'lub etishdi. Ushbu g'alaba "Milan"ning 2013-2014 yildan beri Evrokuboklar doirasida "San Siro"da qo'lga kiritilgan ilk yutug'i bo'ldi. Ana shu bellashuvni bevosita stadiondan kuzatish uchun 65763 nafar muxlis tashrif buyurdi.

Eslatib o'tamiz, "Milan" klubi "Krayovo"ni ikki o'yin natijasiga ko'ra 3:0 hisobida taslim etdi va keyingi bosqichga yo'l oldi.


O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: twitter.com/SquawkaNews