“Milan”ni boshqarishi mumkin bo'lgan navbatdagi murabbiy nomi ma'lum

Eldor Akmurzayev
4 apr 2020, 21:00
“Rossonerilar” rahbariyati klubga yangi mutaxassis izlashni boshlagan.

Italiya nashrining xabar berishicha, Luchano Spaletti – “Milan” ustozi bo'lishga asosiy nomzod.

Ralf Rangnik bilan muzokaralar ijobiy yakun topmaganidan keyin, milanliklarni yangi mavsumdan boshqarish uchun Spaletti olib kelinish ehtimoli yuqori bo'lib turibdi.

61 yoshli mutaxassis Italiyaning “Empoli”, “Sampdoriya”, “Veneciya”, “Udineze” (2 marta), “Ankona”, “Roma” hamda “Inter” kabi jamoalarida ishlagan. Shuningdek, 2009-2014 yillarda “Zenit” boshqaruvida ham faoliyat yuritgan.

Eslatib o'tamiz, hozirda “Milan” bosh murabbiyi Stefano Pioli hisoblanadi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Corriere dello Sport