"Milan" Zlatanning o'rniga MYU hujumchisini transfer qilmoqchi

Mirjalol Normatov
12 dek 2018, 21:11
"Los-Anjeles Gelaksi" hujumchisi Zlatan Ibragimovich bilan kelisha olmagan "Milan" endi boshqa hujumchi bilan muzokaralarni boshlamoqchi.

"Gazzetta dello Sport" xabariga ko'ra, ayni damda milanliklar short-listida "Manchester Yunayted" hujumchisi Markus Reshford bor. Yosh va g'ayratli forvard "qizil iblislar" tarkibida har doim ham asosiy tarkibda o'ynamayapti. "Rossonerilar" esa bundan foydalanib qolmoqchi.

Undan tashqari "Milan" "Liverpul" hujumchisi Divok Origini ham sotib olishi mumkinligi borasida ma'lumotlar berilgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Gazzetta dello Sport