"Milan" "Yuventus" yarim himoyachisi bilan shartnoma imzolamoqchi

Alisher
18 yanv 2020, 12:57
"Milan" "Yuventus" xavbeki Emre Janni o'z safiga qo'shib olmoqchi.

Futbolchining o'zi esa "rossonerilar" safiga o'tishni xohlamoqda. Bundan ko'zlangan maqsad muntazam o'yin amaliyotiga ega bo'lish va Evro-2020ga borish.

Ta'kidlab o'tish kerakki, "Yuventus" Janni kuzda Yevropa Chempionlar Ligasi uchun topshirgan qaydnomasidan tushirib qoldirgan edi.

Futbolchi joriy mavsum barcha musobaqalarda 17ta o'yinda maydonga tushgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Sport Mediaset