"Milan" yangi sport direktorini tayinladi. Jamoani qayta tiklash uchun kim javobgar bo'ladi?

Sherzod Nurmatov
27 may 2025, 19:25
"Milan" o'zining rasmiy saytida Igli Tareni sport direktori etib tayinlaganini e'lon qildi.

Mutaxassis o'z ishining natijalari haqida bevosita klub bosh direktori Jorjo Furlaniga hisobot beradi.

Tare Italiya futbolida katta tajribaga ega. Futbolchilik faoliyati davomida u "Breshiya", "Bolonya" va "Lacio" klublarida o'ynagan.

Albaniyalik futbolchi faoliyatini yakunlaganidan keyin Rim klubida qoldi va u yerda 15 yil sport direktori lavozimida faoliyat yuritdi. "Burgutlar" uning qo'l ostida uchta Italiya Kubogi va yana shuncha Superkubokni qo'lga kiritdi.

"Milan" rahbariyati jamoa A Seriyada 8-o'rinni egallaganidan norozi. Tare klubni qayta tiklab, yangi murabbiy jalb etishi kutilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: acmilan.com