"Milan" yana "Barselona" futbolchisiga qiziqmoqda

Alisher
4 apr 2020, 12:30
"Milan" yana "Barselona" yarim himoyachisi Ivan Rakitichni o'z safiga qo'shib olishga harakat qiladi.

"Rossonerilar" yozgi transferlar oynasida xorvatiyalik futbolchi bilan muzokaralarga kirishishadi.

Futbolchining Kataloniya klubi bilan tuzgan shartnomasi 2021 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan.

Oldinroq, Rakitich Ispaniyada qolishni xohlayotgani xabar qilingan edi. O'yinchi "Sevilya"ga o'tishni xohlamoqda, klub ham o'yinchining qaytishiga qiziqish bildirmoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: mundodeportivo.com