"Milan" xorvatiyalik futbolchini sotib oladi

1 iyul 2020, 22:41
Gazzetta dello Sport nashri xabariga ko'ra, ijara asosida "Milan"da to'p tepayotgan "Ayntraxt" hujumchisi Ante Rebich italyan klubi a'zosiga aylanishi mumkin.

"Rossonerilar" rahbariyati xorvatiyalik futbolchining o'yinidan mamnun va uning shartnomasini sotib olishga qaror qilgan.

Rebichning ehtimoliy transfer qiymati 30 mln evroni tashkil qilishi kutilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Manba: Gazzetta dello Sport