

Futbolchi o'tgan yilning mayida Sampdoriyadan rossonerilar safiga kelib qo'shilgandi. 2018 yilning avgustida o'tkazilgan tekshiruvlar natijasida, Strinich yurak hastaligi bilan kasallangani ma'lum bo'ldi. Shu bois, u futboldagi faoliyatini vaqtinchalik to'xtatgandi.
Shartnoma ikkala tomonning kelishuvi asosida bekor qilindi. Ivanning kelgusi faoliyatiga omad tilaymiz, – deyiladi milanliklarning murojaatida.
32 yoshli o'yinchi so'nggi mundialda terma jamoa bilan musobaqa vice-chempioniga aylangandi.



