"Milan" Tomorini "Chelsi"dan 20+ mln evroga xarid qilish huquqi bilan ijaraga olishga yaqin

Alisher
21 yanv 2021, 10:14
"Chelsi" himoyachisi Fikayo Tomori katta ehtimol bilan "Milan"ga o'tadi.

"Rossonerilar" 23 yoshli angliyalik futbolchini 20+ mln evro evaziga xarid qilish huquqi bilan mavsum so'nggiga qadar ijaraga olishadi.

Bitim bugunoq imzolanishi mumkin, tomonlar yakuniy mablag'ni va "Chelsi" uchun bonus miqdorini kelishishi qoldi xolos.

Tomori joriy mavsum londonliklar tarkibida APL doirasida faqatgina 1ta o'yinda maydonga tushdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: gazzetta.it