"Milan" O'zbekistonga gol urgan futbolchini o'z safiga qo'shib oldi

Mirjalol Normatov
4 iyul 2018, 19:53
"Milan" matbuot xizmati Alen Xalilovichning transferini rasman e'lon qildi.

"Rossoneri"lar 22 yoshli xorvatiyalik futbolchi bilan uch yillik shartnomaga imzo chekishgan. U o'tgan mavsumda "Gamburg" sharafini himoya qilgandi. Alen "Milan"ga erkin agent sifatida borib qo'shildi.

Alen 2013 yili BAAda 17 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasidagi kichik mundialda O'zbekiston termasi darvozasini ishg'ol qilgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/acmilan