Milan O'zbekiston terma jamoasiga gol urgan eronlik hujumchiga qiziqib qoldi

Narzulla Saydullayev
29 may 2020, 12:30
Milan Zenit klubi hujumchisi Syerdar Azmunga qiziqib qoldi, deb xabar bermoqda Calciomercato nashri.

Milan Azmunning agenti Fali Ramadani bilan aloqaga chiqqan. Italiya klubi Zenit bilan muzokara boshlaydimi yoki yo'q hozircha noma'lum. Aytishlaricha Ramadanining yozda Milan bosh murabbiyi bo'lishi kutilayotgan Ralf Rangnik bilan munosabatlari yaxshi.

Azmun Zenitga 2019 yil fevral oyida Rubindan ko'chib o'tgan edi. O'shanda transfer 12 million evroga amalga oshgandi. Bu mavsumda 25 yoshli futbolchi 21ta o'yinda maydonga tushdi va 10ta gol urdi. 

2017 yil Azmun Eron terma jamoasi safida O'zbekiston terma jamoasiga gol urgan edi.  


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: Calciomercato