"Milan" o'yinchisi "Roma"ga o'tishga yaqin

Alisher
15 fev 2020, 17:00
"Milan" yarim himoyachisi Jakomo Bonaventura yozda klubini o'zgartirishi mumkin.

Futbolchiga bosh da'vogar sifatida Rimning "Roma" klubi ko'rilmoqda.

Bonaventuraning "Milan" bilan tuzgan shartnomasi joriy yilning yozida yakuniga etadi. Shu sabab futbolchi Rim klubi uchun butunlay tekinga tushishi mumkin.

Futbolchining agenti Mino Rayola bu transfer bo'yicha ishni boshladi, Bonaventuraning o'zi esa "Roma" bilan kelishuvga erishgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: gazzetta.it