"Milan" "Liverpul" himoyachisi uchun 15 mln. evro taklif qildi, inglizlar esa 25 mln. evro so'rashyapti

Aslanov Jasurbek
6 iyul 2019, 20:30
"Milan" "Liverpul" himoyachisi Deyan Lovrenga qiziqish bildirmoqda.

"Rossonerlar" 29 yoshli xorvat uchun 15 mln. evro taklif qilishmoqda, ammo "Liverpul" bu transfyerdan 25 mln. evro ishlab olmoqchi.

Vaziyatni futbolchining Angliyadagi yillik maoshi (4,5 mln. evro) og'irlashtirmoqda.

Lovren 2014 yilda 20 mln. evro evaziga "Sautgempton"dan "Liverpul"ga o'tgan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport