"Milan" Jiruga yangi shartnoma taklif qildi

Sherzod Nurmatov
7 iyul 2022, 02:01
"Rossoneri" futbolchi bilan hamkorlikdan qoniqish hosil qilmoqda.

"Milan" hujumchi Olive Jiruga yangi shartnoma taklif etdi. Bu haqda Tuttomercatoweb xabar berdi.

35 yoshli forvard o'tgan mavsumda barcha musobaqalarda 38 ta o'yinda qatnashib, 14 ta gol urdi va 4 ta golga assistentlik qildi. Uning "rossoneri" bilan amaldagi bitimi 2023 yilning iyunigacha mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Tuttomercatoweb