"Milan" hujumchisi faoliyatini Angliyada davom ettiradi

Alisher
27 iyul 2019, 13:02
Italiyalik hujumchi Patrik Kutrone APLga ko'chib o'tadi.

"Milan" va "Vulverxempton" klublari 21 yoshli futbolchi bo'yicha kelishuvga erishishdi.

Transfer tez orada e'lon qilinishi kutilmoqda. O'yinchi klub bilan 5 yillik shartnomaga imzo chekadi.

Kutrone yakunlangan mavsum "Milan" tarkibida 34ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol va 2ta assistga erishgan.

Eslatib o'tamiz, "Vulverxempton" kelasi mavsum Yevropa Ligasida ishtirok etadi.

Futbolchi 2018 yildan buyon Italiya terma jamoasida harakat qilib keladi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Sky Sport