"Milan" futbolchilari bilan yangi shartnoma imzolashiga ishonmoqda

17 noya 2022, 11:13
Italyan klubi a'zolari Rafael Leau va Ismael Bennaser bilan bitim muddatini uzaytirishiga optimistik munosabat bildirmoqda.

Ikkala futbolchining amaldagi shartnomasi 2024 yil yozida nihoyasiga yetishi ko'zda tutilgan. "Rossoneri" hozirda ushbu kelishuvlarni klub uchun eng ustuvor vazifa, deb hisoblaydi. 

Bennaser yaqin orada 5 yilga mo'ljallangan yangi kelishuvni imzolashi kutilmoqda. U Milan klubida yiliga 3 mln evro ishlab topadi. 

Leau borasida esa yaqin kunlarda hech qanday uchrashuv rejalashtirilmagan. Portugaliya terma jamoasi a'zosi agenti bilan telefon orqali muloqot qilinadi va bu orqali yiliga 6 mln evrodan oshmaydigan kelishuvga erishishga umid qilinadi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Sky Sports Italia