

Italiyaning "Milan" klubi bosh murabbiyi Stefano Pioli agarda jamoa YCHL pley-off yo'llanmasini qo'lga kiritmaydigan bo'lsa, o'z lavozimini tark etishi mumkin. Ayni damda "Milan" o'z guruhida oxirgi o'rinda bormoqda.
Klubga tikilgan katta pullarni hisobga olganda, YCHLdan chiqib ketish "Milan" moliyaviy ahvoliga sezilarli zarar etkazadi. YCHLdagi omadsizlik klubga tahminan 160 mln evro kamomat olib kelishi mumkin.
"Milan" rahbari Jerri Kardinalening rejalariga ko'ra, klub qancha pul ishlatgan bo'lsa, shuncha daromad olishi kerak.


