"Milan" darvozaboni mavsum tiklanganidan so'ng ilk o'yinni o'tkazib yuboradi

Sherzod Nurmatov
20 dek 2022, 13:57
Futbolchida jarohat mavjud.

"Milan" darvozaboni Mayk Menyan 4 yanvar kuni Italiya chempionatining 16-turidan o'rin olgan "Salernitana"ga qarshi bo'lib o'tadigan uchrashuvni o'tkazib yuboradi. Bu haqda "Sky Sport Italia" xabar bermoqda.

Futbolchi shikastlanishdan forig' bo'lishga ulgurmaydi. Fransiyalik futbolchi jarohati tufayli 22 sentyabrdan beri maydonga tushmayapti.

Oldinroq "Milan" "Atletiko"ga futbolchi almashishni taklif qilgani xabar qilingan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sky Sport Italia