"Milan" Chelsi" vingeriga qiziqmoqda

Sherzod Nurmatov
22 iyul 2021
"Milan" hujumni Londonning "Chelsi" klubi futbolchisi Xakim Ziesh bilan kuchaytirmoqchi.

Manbaning xabar berishicha, 28 yoshli marokashlik "rossonerilar" short-listidan o'rin olgan.

Biroq bu o'tish ushbu yozda amalga oshmasligi mumkin. Birinchidan, "Milan" boshqa poziciyalarni kuchaytirishga bel bog'lagan. Ikkinchidan, transferga moliyaviy holat to'sqinlik qiladi. 

Ziesh o'tgan mavsumda "Chelsi" uchun 39 o'yinda qatnashib, 6 ta gol urdi va 4 ta golga assistentlik qildi. Uning transfer qiymati - 38 million evro.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Get Italian Football News