"Milan" "Chelsi" futbolchisini tarkibiga qo'shib olishiga ishonyapti

Mirjalol Normatov
3 iyul 2022, 14:23
"Milan" Hakim Ziesh transferi borasidagi ishlarni davom ettirmoqda.

"Sky Sport Italia" xabariga ko'ra, Italiya klubi 29 yoshli futbolchi bilan shartnoma imzolashiga ishonmoqda. Ayni damda klublar ham kelishuvga erishib bo'lgan. Milan klubi futbolchining hujjatlarini rasmiylashtirish ishlarini davom ettirmoqda.

Oldinroq berilgan ma'lumotlarga qaraganda "rossoneri" Hakimini sotib olish imkoniyati bilan bir yilga ijaraga oladi. Uning "Chelsi" bilan kelishuvi 2025 yil yoziga qadar davom etadi.

O'tgan mavsumda marokashlik futbolchi "Chelsi" tarkibida barcha turnirlarda 44 o'yinda qatnashi, 8 gol va 6 assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sky Sport Italia